“TEZKOR MATBAA” yangi loyiha uchun shartnoma imzoladi
Yangi loyiha uchun shartnoma imzolandi
“TEZKOR MATBAA” MCHJ o’z faoliyatini kengaytirish va mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida hozirgi kundagi dolzarb bo’lgan masalalaridan biri bo’lgan oziq-ovqat sanoatda qadodlash va saqlash bo’yicha may oyida Xitoy Xalq Respublikasining Siyan shaxrida “Xitoy - Markaziy Osiyo” sammitida korxonamizning vakillari borib kelishdi. Ushbu sammitda Xitoy Xalq Respublikasining eng ilg’or ishlab chiqaruvchilari korxonalari “HEBEI WANJIE MACHINERY TECHNOLOGY Co., Ltd”, “RUIAN XINCHENG ZHONGTAI PACKAGING MACHINERY Co,. LTD” va “ZHEJIANG CHOVYTING MACHINERY CO., Ltd”) bilan uchrashib, кompaniyamiz oziq ovqat maxsulotlarini qadoqlaydigan xar xil turdagi polimer materiallarga chop qiluvchi uskunalar sotib olish bo’yicha yangi loyiha imzolandi. Oziq-ovqat maxsulotlari uchun bosmali qadoqlar ishlab chiqarish uskunalarini sotib olishni shartnomaning umumiy miqdorda 668500 $ tashkil qiladi. Loyixa bo’yicha boshlang’ich to’lovlar amalga oshirildi va joriy yil yakuniga qadar uskunalarni olib kelib, ishga tushirishni reja qilishdi.


UZ